Anchelotti: "Ikkala vaziyatda ham penalti bermagan bo'lardim"

Mirjalol Normatov
8 yanv 2023, 14:18
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Vilyarreal"ga qarshi o'yindagi belgilangan penaltilar haqida gapirdi.

Uchrashuvda bosh hakam 3 daqiqa ichida 2ta penalti belgiladi.

"Qiyin o'yin bo'ldi. Biz sifatli himoyalana olmadik. O'yinning boshidayoq ko'plab xatolarga yo'l qo'ydik. O'yinga qaytish oson bo'lmadi. O'tgan yilgidagi kabi yana yilni yomon boshladik.

Penaltilar qo'yildi. Bunga o'rganish kerak. Hozir qo'lning istalgan nuqtasiga to'p tegsa, penalti berishmoqda. Bugun men ikkala vaziyatda ham penalti bermagan bo'lardim", - dedi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca