Anchelotti Di Mariya "Real"dan kyetmaydi deb o'ylaydi

Tolibjon Qosimov
6 dek 2013, 13:21
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Anxel di Mariya jamoasini o'zgartirmoqchi emasligini ta'kidladi.
Argentinalik futbolchi har doim ham asosiy tarkibdan joy olmay qolayotgani sabab jurnalistlar uning jamoada qolish qolmasliklari haqida murabbiyga savol berishgandi.

"Di Mariya "Real"dan ketadi deb o'ylamayman. Mavsum avvalida u bu haqida aniq aytib o'tgandi. Undan tashqari Anxelga yuqori darajadagi raqobat yoqadi", dedi Anchelotti.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com