
"Beylning agenti hech qachon "Real" mashg'ulotini va Beylning jamoadoshlari bilan munosabatini ko'rmagan. Ular Beylni, Beyl esa ularni yoqtiradi. Futbolchining agenti kamroq gapirsa yaxshi ish qilgan bo'lar edi. Beyl "Real"da baxtli va agentning nima demoqchi bo'lganiga tushunmadim" - deydi Anchelotti.
Oldinroq Barnett Beylga jamoadoshlari juda kam to'p oshirishadi degan edi.