

- Karlo Anchelotti odamlar bilan juda yaxshi muloqot qiladi. Anchelotti barcha bilan yaxshi muomalada bo'ladi va futbolchilar bilan aloqalarni tezda yo'lga qo'yadi. Har bir futbolchi bilan juda iliq munosabatda bo'ladi. Karlo Anchelotti doimo juda yaxshi inson va kuchli murabbiy bo'lgan. Milan, Yuventus, Chelsi, PSJ, Real kabi grand jamoalarni muvaffaqiyatli boshqargan. Anchelotti juda boy tajribaga ega mutaxassis sanaladi. Uning "Bavariya"dagi faoliyati ham yorqin kechadi, deb o'ylayman. Biz bor kuchimizni ishga solishga harakat qilamiz.



