
Jarohati tufayli uzoq vaqt maydondan tashqarida qolib ketgan "ajdarlar" hujumchisi Azamat Allaniyozov nihoyat safga qaytdi.
O'zbekiston kubogi chorak final doirasidagi "Paxtakor-2"ga qarshi o'yinda "Nasaf" hujumchisi Azamat Allaniyozov ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushdi. Hujumchi o'zining maydonga qaytishini ikkita gol bilan nishonlashga erishdi.
Eslatib o'tamiz, "Nasaf" mehmonda "Paxtakor-2" klubini yirik 6:0 hisobida mag'lub etdi.