Alisson ijtimoiy tarmoqda otasining o'limidan so'ng post qoldirdi

Alisher
26 fev 2021, 16:29
"Liverpul" va Braziliya terma jamoasi darvozaboni Alisson Beker otasining o'limidan so'ng ijtimoiy tarmoqda post qoldirdi.

"Meni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytmoqchiman. Oilam sizning sevgingizni his qilmoqda. Xudo barchamizga baraka bersin", - deb yozgan 28 yoshli futbolchi.

Oldinroq xabar berilganidek, Alissonning otasi suv omboridan o'lik holda topilgan edi. O'lim sabablari hali ma'lum emas.

Bekerga "Liverpul", "Roma" va boshqa taniqli futbolchilar ham taziya izhor etishdi.

[instagram]

 [/instagram]

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Alissonbecker