

"Hozir har bir o'yin biz uchun qiyin kechmoqda. Sababi musobaqaning so'nggi pog'onalaridan yuqoriga ko'tarilib bormoqdamiz. Oldimizdagi asosiy vazifamiz - oliy ligada qolish. Shuning uchun imkoni boricha har bir o'yinda g'alaba qozonish uchun maydonga chiqyapmiz. Jarima to'plarim? Albatta mashg'ulotlarda standart vaziyatlarga ko'proq e'tibor qaratmoqdaman", - dedi Mahmudov.
"Navbahor" matbuot xizmati



