Alirizo Jahonbaxsh: "Hakamlik haqida hech nima demayman"

Абдулвосит Бектемиров
9 sen 2025, 19:05
Eron terma jamoasi yetakchisi Alirizo Jahonbaxsh Cafa Nations Cup finalidan so'ng saytimizga o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Musobaqadan kutilmalarimiz kattaroq edi. Biz bir nechta o'yinlarda ishtirok etdik va terma jamoaga 3-4 nafar yangi futbolchilarni jalb etdik. O'zbekiston terma jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Erta qizil kartochka tufayli ancha qiynalib qoldik.

Hakamlik haqida hech nima demayman", - dedi Alirizo Jahonbaxsh.


O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia