Aleksis Sanches: "Manchester Yunayted" sovrinlar uchun kurashishi kerak"

Aslanov Jasurbek
10 avg 2018, 12:56
"Manchester Yunayted" forvardi Aleksis Sanches yangi mavsumda nimalarni kutayotgani haqida gapirib berdi.

"Qachon bunchalik ko'p dam olganimni eslolmayman. Tatil yaxshi o'tdi, ortiqcha hayollardan qutulib oldim. Mavsumoldi tayyorgarlik ham omadli o'tdi. "Lester Siti"ga qarshi o'tadigan APLning ilk uchrashuvida yaxshi formada bo'laman deb o'ylayman.

Manchestyerdagi birinchi 4-5 oy men uchun o'rganish bosqichi bo'ldi. Endi tayyorman, har bir g'alaba uchun kurashmoqchiman. O'zimni ruxan hamma narsaga tayyorlayapman.

Endi jamoadoshlarim haqida ko'proq ma'lumotga egaman va bor e'tiborimni o'yinga qaratishim mumkin. "Manchester Yunayted"ga o'tishim uchun yordam bergan eng yaxshi sifatlarimni namoyish etmoqchiman. Sovrinlar yutish payti keldi. Eng yaxshilar bilan raqobatlashimiz kerak.

"Manchester Yunayted" - yirik jamoa. Biz har bir o'yinda ustunlik qilib, g'alabaga bo'lgan harakatimizni namoyish etishimiz kerak. Aynan shu narsa "Yunayted"ni boshqalardan ajratib turadi" - deydid Aleksis Sanches.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com