

Hujumchi boshqa klubga o'tish uchun maoshining qisqartirilishiga ham qarshi emas.
“Qizil iblislar” ustozi Ole Gunnar Sulsher ham 30 yoshli futbolchining jamoadan ketishiga rozilik bildirmoqda. Ma'lumot o'rnida, Sanchez hozirda jamoada haftasiga barcha bonuslarni hisobga olganda 582 ming evro maosh oladi.
Oldinroq, Aleksis Sanchesga uning sobiq jamoasi “Barselona” tomonidan qiziqish bo'layotganligi aytilgandi. Biroq, keyinchalik bu xabarlar o'z isbotini topmadi.
Eslatib o'tamiz, hujumchi 2018 yilning yanvarida “Arsenal”dan MYUga ko'chib o'tgandi.



