Aleksandr Xomyakov: "G'alabani xohlagan jamoa emas, g'alabaga munosib jamoa g'olib bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
26 iyun 2016, 09:48
"Buxoro" - "Mashal" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirdi.

"Birinchi navbatda o'z futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman. Ular bugun borlarini berib harakat qilishdi va g'alaba uchun barchasini ishga solishdi.

Bugun g'alabani xohlagan jamoa emas, g'alabaga munosib jamoa g'olib bo'ldi. Bugun biz ikkinchi raqam ostida harakat qildik va qarshi hujumda gol urib g'alabani ilib ketdik. Muxlislarimizga alohida rahmat aytaman.

Bugun 3 nafar yetakchi futbolchilarimizni zaxirada qoldirganimizning sababi, shu yo'l bilan ular almashtirib bo'lmas futbolchi emasliklarini, ularni o'rnini bemalol bosa oladigan futbolchilarimiz borligini ko'rsatish edi", - deydi Xomyakov.

"Buxoro" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia