Albiol jamoasining maqsadlari haqida gapirdi

13 okt 2017, 01:40
“Napoli” himoyachisi Raul Albiol jamoadoshlari Italiya chempionatida g'olib chiqishga ishonayotganliklarini ta'kidladi.

“Bizning maqsad – Skudettoni qo'lga kiritish. Bu butun shaharning orzusi. Biz ana shu maqsadga erishish yo'lida mehnat qilayapmiz. Ammo bu juda qiyin ish. “Napoli” o'z tarixida ikki marta ushbu sovringa ega chiqqan. Bizning asosiy maqsad uchinchi bor ushbu ishni amalga oshirish.

Bu mening jamoadagi beshinchi mavsumim. Boshidanoq bu yerda meni muxlislar va jamoadoshlarim iliq qabul qilishgandi. Men ko'p vaqtimni uyda o'tkazaman. Chunki ko'chaga chiqishim bilan meni tanib qolishadi va rasmga tushishni istashadi. Shahar futbolni juda sevadi”, dedi ispaniyalik himoyachi AS nashriga bergan intervyusida.


O'xshash yangiliklar


Manba: AS