"Alaniya" bosh murabbiy Zaur Tedeevni iste'foga chiqardi

Administrator
16 mar 2023, 01:15
Klub murabbiy bilan hamkorlikni to'xtatdi.

"Alaniya" klubi bosh murabbiy Zaur Tedeevni iste'foga chiqardi. Zaur Tedeev jamoani 2022 yilning iyun oyida qabul qilib olgandi. "Alaniya" murabbiy bilan uch yillik shartnoma imzolagandi. 

Hozirda "Alaniya" Rossiya birinchi ligasining uchinchi o'rnida bormoqda. Klub birinchi o'rindagi "Baltika" jamoasidan etti ochkoga orqada. 

Ma'lumot uchun, Tedeev bundan oldin "Rostov" jamoasida bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi bo'lib ishlagandi. 

Eslatib o'tamiz, "Alaniya" safida Husayn Norchaev harakat qiladi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia