Alaba uni Ramos bilan solishtirayotganlarga munosabat bildirdi

Eldor Akmurzayev
1 noya 2021, 10:00
“Real”ning 29 yoshli avstriyalik himoyachisi David Alaba o'zini klubning sobiq a'zosi Serxio Ramos bilan taqqoslashayotgani haqida fikr bildirdi.

“Real”ga o'z tariximni yozish va o'z o'yinimni ko'rsatish uchun keldim. Bazida meni klubda 16 yil o'tkazgan Serxio Ramos bilan solishtirishmoqda, lekin rosti bu meni bezovta qilayotgani yo'q. Muxlislar hozir bu yerdaligim va haqiqatan o'z tariximni yozmoqchiligimni to'g'ri qabul qilishmoqda. Aslida, agar bizni taqqoslashayotganiga e'tibor qaratsak, u holda bir-birimizni solishtirish qiyin bo'lgan turli toifadagi o'yinchilar ekanligimiz ma'lum bo'ladi”, deydi Alaba.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal