"Al Nassr" Ronalduga 100 mln evrolik yangi sherik topdi

Sherzod Nurmatov
25 apr 2025
"Vest Xem" vingeri Muhammad Qudus Saudiya Arabistonining eng boy klublaridan biri "Al Nassr" e'tiboriga tushdi.

Insayder Ben Jeykobsning yozishicha, saudiya arabistoniliklar uning transferi uchun 100 mln evro to'lashga tayyor. 

Agar Qudus o'tishga rozi bo'lsa, "Al Nassr" Saudiya Arabistoni Pro-ligasida yulduzlarni sotib olish tendenciyasini davom ettirib, o'z tarkibiga yana bir afrikalik super yulduzni qo'shib oladi.

Eslatib o'tamiz, afsonaviy portugaliyalik Krishtianu Ronaldu 2023 yildan buyon "Al Nassr" safida to'p tepmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/JacobsBen