"Al Ayn" "Anji" hujumchisini sotib oldi

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2017
Kelib chiqishi ivuarlik bo'lgan Fransiyada tug'ilgan hujumchi Yannik Boli faoliyatini BAAda davom ettiradi.

2014 yildan buyon Rossiyaning "Anji" klubida o'ynab kelayotgan Boli 2016 yilgi Osiyo chempionlar ligasi finalchisi bo'lgan "Al Ayn" klubi safiga qo'shildi.

Futbolchi professional faoliyatini Fransiyaning PSJ klubida boshlagan. Bugunga qadar u Fransiyada "Gavr" va "Nimes", Bolgariyada "Chernomorec Burgas", Ukrainada "Zarya" kabi klublarda o'ynagan. 2010 yil Kot DIvuar terma jamoasi safida bir marta maydonga tushgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia