Aktobe nazorat uchrashuvida Ukraina klubi bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
22 yanv 2014
Qozog'istonning Aktobe klubi Turkiyadagi yig'in doirasidagi so'nggi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Qozog'iston chempionlari Luckning Volin klubiga qarshi o'ynadi. Bahs 1:1 hisobida yakunlandi.

 Aktobe safida Didar Jalmukan gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Shu tariqa Geynrix va Kapadze jamoasi Antaliyadagi yig'inni yakunladi. Bo'lib o'tgan 5ta o'yinda qozog'istonliklar uchta g'alaba va ikki durang qayd etishdi. Jamoa bir haftalik xordiq oladi, so'ngra 28 yanvarda yana Turkiyada navbatdagi yig'inni boshlaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.kz