Akmal Shorahmedov: "Vodiydagi muxlislar juda talabchan"

Narzulla Saydullayev
6 mar 2021, 10:50
Xabaringiz bor, kuni kecha Farg'onaning "Neftchi" jamoasi mavsumoldi tanishtiruv va taqdimot marosimini o'tkazdi. Mazkur marosim yakunida jamoaning tajribali futbolchisi Akmal Shorahmedov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Avvalambor bugungi tanishtiruv marosimiga tashrif buyurgan barcha mutasaddilarga, futbol muxlislariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.Vodiyda futbolsevar muxlislar juda ham ko'p. Shu bilan bir navbatda ular juda talabchan hisoblanishadi. Biz maydonda borimizni berib harakat qilgan xolda g'alabalarga erishish va muxlislar hurmatiga sazovor bo'lishga harakat qilamiz.

Bundan tashqari "Neftchi"ni Superligaga qaytarish hamda yana avvalgi kabi muxlislar bilan to'lgan yuqori atmosferadagi futbol uchrashuvlarini o'tkazish kabi vazifalar oldimizda turibdi" - deydi jamoa sardori.

Bekzod Tolibov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia