

Namangan tarbiyalanuvchisi hisoblangan Ortiqov katta ehtimol bilan ikkinchi davrani “Olmaliq” safida o'tkazadi. O'tgan mavsum ikkinchi qismida darvozabon aynan “Olmaliq” klubidan “Navbahor”ga qaytarilgandi. Ortiqov birinchi davra davomida sakkizta o'yinda maydonga tushgandi. Bundan tashqari Akmal kecha bo'lib o'tgan “Lokomotiv” va “Navbahor” yoshlar jamoalari o'rtasidagi o'yinning birinchi bo'limida ham “Navbahor” darvozasini qo'riqlagandi. Akmal Ortiqovning keyingi faoliyati “Navbahor” futbol klubi va jamoa muxlislari nomidan omad tilab qolamiz.



