Akbar To'raev: "Ramziy termaga kirish doim yoqimli"

Narzulla Saydullayev
26 fev 2015, 19:29
OCHL 1-turida "Bunyodkor" safarda "Al Nasr" bilan durang o'ynadi.
O'sha o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan "qaldirg'ochlar" darvozaboni Akbar To'raev saytimiz talqiniga ko'ra OCHL 1-turi ramziy terma jamoasiga kiritildi.

"E'tibor uchun katta rahmat. Ramziy termadan o'rin olish doim yoqimli. "Al Nasr"ga qarshi o'yin qiziqarli kechdi. G'alaba qozonganimizda yaxshi bo'lardi, lekin durang ham yomon natija emas. Raqibimiz ayni paytda Saudiya Arabistonining eng kuchli klublaridan biri, bu jamoa bilan safarda durang qayd etish juda qiyin. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonib muxlislarni xursand qilamiz degan umiddaman", - deydi Akbar To'raev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia