Aka-uka Iguainlarning gollari “Inter Mayami”ga g'alaba keltirdi

MLS da ishtirok etuvchi Inter Mayami klubi o'z chempionatining 2-turida safarda “Filadelfiya yunion” jamosini mag'lub etdi.

Mehmonlarga g'alaba keltirgan gollarni Gonsalo Iguain (73-daqiqa) va uning akasi Fderiko Fernando Iguain (83-daqiqa) kiritishdi. “Filadelfiya” ning yagona javob golini Jamiru Monteyru darvozaga yo'lladi.

Fil Nevill boshqaruvidagi “Inter Mayami” ilk turda o'z maydonida “Los Anjeles Gelaksi”ga (2:3) imkoniyatni boy bergandi. O'sha bellashuvda ham Iguain gol urib, yana bir golga assistentlik qilgandi. “Gelaksi” safida esa Chicharito dublga erishganji.

“Inter Mayami” klubining xo'jayini Devid Bekxem hisoblanadi. Ushbu jamoa tarkibida PSJning sobiq futbolchisi Blez Matyuidi ham to'p tepadi.


Manba: championat.com