Aguero navbatdagi muammoga duch keldi

Eldor Akmurzayev
21 yanv 2021
“Manchester Siti” rasmiy sayti Serxio Agueroda koronavirus aniqlangani haqida bayonot berdi.

Avvalroq, futbolchi COVID-19'ni yuqtirgan tanishi bilan yaqin aloqada bo'lgani uchun izolyaciyaga olingandi. Endi esa uning o'zida ham virus borligi ma'lum bo'ldi.

Argentinalik joriy mavsum APLda 5 ta o'yinda maydonga tushib, birorta ham samarali natija ko'rsatolmadi. U jarohati tufayli ko'plab uchrashuvlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/ManCity