Aguero: "Chelsi" hali ochko yo'qotadi deb o'ylayman"

Aziz Tukhtamuradov
20 okt 2014, 18:03
"Manchester Siti" futbolchisi Serxio Kun Aguero "Chelsi"ning ochko yo'qotishini kutmoqda.
Argentinalik futbolchi o'tgan hafta "Tottenxem"ga qarshi o'yinda poker qayd etdi va to'purarlar poygasida Diego Kosta bilan tenglashib oldi.

"Gollarim jamoaning g'alabasiga hissa qo'shganidan hursandman. Biz uchun asosiy raqobatchilardan ortda qolmaslik judayam muhim. "Chelsi" g'oliblik uchun asosiy da'vogar ekanligini barchaga ko'rsatib qo'ymoqda. Ular hali ochko yo'qotishadi. Biz esa bundan foydalanib, ulardan oshib ketishga harakat qilamiz.

"Siti" o'z unvonini himoya qila oladi", - deydi argentinalik futbolchi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: chelseanews.ru