Aguero Barselonadagi hayotga moslasha olmayapti

Aslanov Jasurbek
5 sen 2021, 22:15
"Barselona"ning yangi futbolchisi Serxio Aguero yangi joyga moslashish unchalik yaxshi emasligini aytdi.

Buning sabablardan biri Argentina terma jamoasidagi do'sti va sherigi Lionel Messining Kataloniya klubidan ketishi hisoblanadi. Bu haqda uning o'zi ham aytib o'tgan.  

Hujumchi, shuningdek, Barselonadagi dahshatli tirbandlikdan hayratda qoldi. Argentinalik futbolchining takidlashicha, shu sababli u taksi xizmatidan foydalanishga majbur bo'lyapti.

Eslatib o'tamiz, jarohat tufayli Agueroning "Barselona"dagi debyuti oktyabr oyidan keyinroqqa cho'ziladi. "Ko'k-anorranglilar" safiga u erkin agent sifatida kelib qo'shilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo