Agent: "Buffon birinchi darajali murabbiy bo'lishi kerak"

Alisher
9 iyul 2020
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffonning agenti mijozining faoliyatini yakunlangandan so'ng murabbiylik qilishi mumkinligini aytdi.

Buffonning "Yuve" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

"U murabbiy bo'lishi kerak deb o'ylayman. Buffon birinchi darajali mutaxassis bo'ladi. U futbolni tushunadi va echinish xonasidagi vaziyatni ajoyib tarzda nazorat qila oladi.

U "Yuventus"ni kelajakda boshqaradimi? Bu bo'lishi mumkin bo'lgan narsa. Nega endi yo'q?", - deydi agent.


AlisherMuallif
Manba: Radio Kiss Kiss