Adebayor kelasi mavsumni "Tottenxem"da o'tkazmoqchi

Aslanov Jasurbek
6 iyun 2015, 15:49
"Tottenxem" hujumchisi Emmanuel Adebayor faoliyatini Turkiyada davom ettirishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

"Men turk klublariga o'tishim haqida yozilgan bir nechta maqolani ko'rdim. Mening agetim etib ko'rsatilgan Mexdi Isike haqida hech qachon eshitmaganman. Turkiyaga ko'chib o'tish borasida esa umuman o'ylaganim yo'q. "Tottenxem"da baxtliman va sabrsizlik bilan kelasi mavsumni kutyapman" - deydi Adebayor.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com