Abramovich Turkiya klubining akciya paketlarini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
21 okt 2025
Rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich "Galatasaroy"ning yirik akciyadorlaridan biriga aylanishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda "Sozcu" onlayn tahririyati xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Abramovich allaqachon Istanbuldan dang'illama uy sotib olgan va Turkiya shahriga ko'chib o'tishga hozirlik ko'rmoqda.

Abramovich 2003 yildan 2022 yilgacha "Chelsi"ga egalik qilgan. Londonliklar uning qo'l ostida besh marta Angliya chempioni bo'lgan, besh marta Angliya Kubogi, uch marta Angliya Liga Kubogi, ikki marta Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi chempionligini qo'lga kiritgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sozcu