Abramov "Neftchi" bosh murabbiyiga aylandi

Narzulla Saydullayev
1 iyun 2017, 11:39
O'zbekiston terma jamoasi va "Lokomotiv" klubi sobiq ustozi Vadim Abramov Farg'ona klubida ish boshladi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Vadim Abramov "Neftchi" klubi bosh murabbiyiga aylandi. Kuni kecha Farg'ona klubi rahbariyatida o'zgarishlar yuzaga kelgandi. Klub rasmiy sayti kecha "bosh murabbiy Andrey Vitalevich Fyodorov esa jamoaga yangi bosh murabbiy topilgunga qadar vaqtincha ishlaydi" deb yozgandi.

Ma'lumot uchun, Vadim Abramov 1991-1992 yilda "Neftchi"da faoliyat olib borgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia