Abduraimov “Mashal”da

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2018, 07:01
“Gazchilar” ertaga tatildan qaytadi va o'z qarorgohida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshlaydi.

Aleksandr Xomyakov tarkibda jiddiy o'zgarishlarga qo'l urmoqchi emas. Jamoa safiga iqtidorli posboni Sherzod Abduraimov qaytarildi. Xuquqiy jihatdan “Mashal” futbolchisi sanaladigan 23 yoshli darvozabon jamoa tarbiyalanuvchisidir. Oxirgi yillarda u ijara asosida bir qator jamoalarda o'ynab kelayotgandi. Mavsumning birinchi qismini Abduraimov Haqqulobodning “Norin” jamoasida o'tkazdi. Endilikda u “Mashal”da Rahim Davronov va Botir Nosirov bilan raqobatlashadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia