Abbos Amonov: "Raqib kim bo'lsa ham g'alaba uchun maydonga tushamiz"

Narzulla Saydullayev
17 apr 2016, 11:30
"Navbahor" - "Sho'rtan" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar safida gol urgan yarim himoyachi Abbos Amonov o'z fikrlarini bildirdi.

"Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo'limda yaxshi harakat qildik. Ikkinchi bo'limda esa xatolarimizdan so'ng raqib ikkita gol urdi".

"O'yindan oldin Namangandan ochko bilan qaytamiz degandim. Biz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz. "Navbahor", "Paxtakor" yoki "Lokomotiv" bo'ladimi doim g'alaba uchun maydonga tushamiz. Bu futbol".

"Oxirida bizning yigitlarga kuch va o'ziga bo'lgan ishonch yetishmadi", - deydi Abbos Amonov.


"Navbahor" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia