Abbos Amonov: "Do'stlik bilan ishni ajrata olish zarur"

Narzulla Saydullayev
14 may 2016, 12:50
Bugun, 14 may kuni, “Sho'rtan” Muborakning “Mashal” jamoasi mehmoni bo'ladi.
Oliy liganing 9-tur doirasida bo'lib o'tadigan ushbu uchrashuv oldidan, joriy mavsumda “oq bo'rilar” safiga aynan muborakliklar jamoasidan kelib qo'shilgan  yarim himoyachimiz – Abbos Amonovning “Mashal” -“Sho'rtan” o'yini haqida fikrlari bilan qiziqdik.

-  To'g'ri, so'ngi yillarda “Mashal” jamoasida o'ynadim. Shuning uchun ikkala jamoada ham orttirgan do'stlarim, ustozlarim bor. Ularni barchasini hurmat qilaman. Ammo sportda do'stlik bilan ishni ajrata olishni bilish juda zarur. Shunday ekan, o'z ishimga professionallarcha yondashgan holda, “Sho'rtan” sharafi uchun bor imkoniyatlarimdan foydalanishga harakat qilaman.

-  Jamoadoshlarim ham so'ngi ikki turda ruhiy jihatdan ancha tetiklashib olgan. Jamoadagi ko'tarinki kayfiyat va g'alabaga bo'lgan tashnalik ushbu uchrashuvda ham yaxshi natijalarga  erishishimizga yordam beradi deb o'ylayman.


“Sho'rtan PFK” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia