A Seriyada fevral oyining eng yaxshi murabbiyi ma'lum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
5 mar 2022
"Napoli" ustozi Luchano Spalletti Italiya chempionatining fevraldagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

62 yoshli mutaxassis o'z sovrinini "Milan"ga qarshi o'yin oldidan qabul qilib oldi.

Neapolitanlar o'tgan oyda A Seriyada 2 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etishdi.

"Napoli" 27 turdan so'ng 57 ochko to'plagan holda musobaqa jadvalida 2-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia