2023 yilga qadar Ispaniya Kubogining finali bitta stadionda bo'lib o'tadi

Eldor Akmurzayev
5 fev 2020, 19:55
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi mamlakat Kubogining joriy yilgi finali qaysi stadionda o'tkazilishini aniqlab oldi.

Unga ko'ra, hal qiluvchi uchrashuv 18 aprel kuni, Sevilya shahridagi “Olimpiya” o'yingohida bo'lib o'tadi. 

Shuningdek, federatsiya qaroriga binoan keyingi uch mavsumning (2021. 2022, 2023) finali ham ushbu stadionda o'tishi belgilandi. 

O'yingoh o'z bag'riga 57 mingga yaqin tomoshabinni sig'dira oladi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: rfef.es