2021 yilgi Tojikiston chempionati uchun 16 nafar o'zbekistonlik futbolchi ro'yxatdan o'tdi

Narzulla Saydullayev
2 apr 2021, 13:11
Tojikistonda yangi mavsum 4 aprel kuni start oladi.

Hisob bo'yicha 30-Tojikiston chempionatida 10ta klub ishtirok etadi. Chempionat 3 davra davom etadi.

Dastlabki turdan o'rin olgan "Istiqlol" klubi ishtirokidagi o'yin keyinroq muddatga qoldirilgan. Bunga Dushanbe klubining OCHL guruh bosqichiga tayyorgarlik olib borayotgani sabab bo'lgan.

Tojikiston chempionati. 1-tur
4 aprel

Fayzqand – SSKA
Xo'jand – Dushanbe

5 aprel
Esxata – Xatlon

6 aprel
Istaravshan – Ravshan

Boshqa muddatga qoldirilgan
Ko'ktosh – Istiqlol


Tojikiston chempionatidagi o'zbekistonlik futbolchilar ro'yxati:
"Xo'jand" - Samandar Ochilov
"Ko'ktosh" - Asadbek Islomov, Suhrob Rahmonov, Alijon Alijonov
"Fayzqand" - Dilshodjon Baratov
"Istravshan" - Shahzod Shamsiddinov, Zufardjon Akbaraliev, Xurshedjon Olimov, Abbos Ikromov, Jahongir Safarov
"Ravshan" - Muhriddin Ahmedov, Nodirbek Ibragimov, Bunyod Shodiev, Anvar Murodov
"Esxata" - Shahzod Abdurahmonov, Akobir To'raev.

Bundan tashqari 3 aprel kuni Gissardagi "Markaziy" stadionda "Istiqlol" va "Ravshan" klublari o'rtasidagi Tojikiston Superkubogi bahsi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia