2018/19 mavsumda "Arsenal"ni yangi sardor maydonga boshlab tushadi

Aslanov Jasurbek
11 avg 2018, 13:11
Yangi mavsumda "Arsenal"ning sardori himoyachi Loran Koselni bo'ladi.

So'nggi mavsum bu vazifani Per Mertezaker bajargan edi, ammo u yozda futbolchilik faoliyatini yakunladi.

"Bu tarkibning sardori - jarohatini davolayotgan Loran Koselni. Loran maydonda bo'lmasa sardorlik bog'ichi Petr Chex, Aaron Remsi, Mesut Ozil yoki Granit Jakaga topshiriladi" - deydi Emeri.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" APLning 1-turida "Manchester Siti" bilan uchrashuv o'tkazadi. Bahs 12 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: arsenal.com