2009 yildan buyon "Real" 44ta penalti tepgan

Tolibjon Qosimov
27 sen 2013, 11:40
"Elche" - "Real" uchrashuvining qo'shib berilgan daqiqalarida mezbonlar darvozasiga belgilangan penalti hamon muhokama qilinmoqda.
Kataloniyaning Sport nashri qiziqarli statistika taqdim etdi. 2009 yil Florentino Peres yana "Qirollik klubi"ga qaytganidan so'ng "Real" 44 marta penalti tepgan. Raqiblar esa atiga 10 ta penaltini amalga oshirishgan. Masalan, "Barselona" bu vaqt ichida 25ta penalti tepgan va raqiblar 15ta penalti tepishgan.

"Real" aynan penaltidan urilgan gol evaziga "Elche" ustidan g'alaba qozondi - 2:1.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru