Mashhur nemis mutaxassisi Avstraliya terma jamoasida ishlamoqchi

Aslanov Jasurbek
4 dek 2017, 12:15
So'nggi ish joyi AQSH terma jamoasi bo'lgan mashhur nemis mutaxassisi Yurgen Klinsmann yana ishga qaytmoqchi.

53 yoshli murabbiy Avstraliya terma jamoasida bosh murabbiy bo'lmoqchi.

Noyabr oxirida avstraliyaliklar ustozi Angelos Postekoglu o'z vazifasini tark etgan edi. Ma'lumotlarga ko'ra, Klinsmann o'z vakillaridan birini Avstraliya jamoasini boshqarish imkoniyati haqida qiziqishni so'ragan.

Bunga nemisning maoshi qarshilik qilishi mumkin. Avstraliya terma jamoasi yiliga murabbiy uchun 1,14 mln. dollar to'lay oladi. Bu Klinsmanning AQSH terma jamoasidagi yarim maoshi edi.

Eslatib o'tamiz, JCH-2018 qur'a natijalariga ko'ra, Avstraliya "C" guruhida Fransiya, Daniya, Peru bilan o'ynaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC