"Bunyodkor" va "Metallurg" vakillari Ukrainadagi xalqaro turnirda ishtirok etishadi

Aslanov Jasurbek
26 avg 2017
Kievning "Dinamo" klubi ilk marotaba kiberfutbol bo'yicha xalqaro turnir o'tkazmoqda.

26-27 avgust kuni Ukraina poytaxti Kiev shahrida joylashgan "Olimpiyskiy" stadionida kiberfutbol bo'yicha "Dinamo" Yozgi Kubogi deb nomlagan professional kiberfutbol musobaqasi o'tkaziladi.

Turnirda ishtirok etadigan 16 ishtirokchining 10 nafari o'z mamlakatida yetakchi bo'lgan, turli nufuzli va xalqaro turnirlarda g'olib bo'lgan kiberfutbolchilar hisoblanishadi.

Qolgan 6 nafar qatnashchi ochiq onlayn saralash doirasida turnirda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan kiberfutbolchilardir.

Turnir ishtirokchilari:

- Dani ‘Dani’ Hagebeuk, AFC Ajax (Gollandiya)

- Andrés ‘Andrescytorres’ Torres, "Zalcburg" (Avstriya)

- Milosz ’Milosz93’ Bogdanowski, "Legiya" (Polsha)

- Anton ’Anzinho8’ Korvenaho, SJK (Finlyandiya)

- Robert ‘Ufenok’ Fakhretdinov, "Lokomotiv" (Rossiya)

- Evgeni ‘Yozhyk’ Mostovik, Navi (Ukraina)

- Konstantin  Ketko, "Dinamo" (Belarus)

- Turgunboev Mukhamaddamin, "Bunyodkor" (O'zbekiston)

- Sandro  Maghlakelidze, Gruziya futbol federatsiyasi (Gruziya)

- Giorgi Levidze, Gruziya futbol federatsiyasi (Gruziya)

- Vitaly ‘Labotryas’ Mukha, "Dinamo" Kiev (Ukraina)

- Server 'Cekka' Kerimov, "Metallurg" (O'zbekiston)

UVSCF (O'zbekiston virtual sport o'yinlari va kiber futbol federatsiyasi) turnir hamkori hisoblanadi. Avvaliga O'zbekistonga bitta yo'llanma ajratilgan edi. Mamlakatimizda o'tkazilgan saralash bahslarida "Bunyodkor" kiberfutbolchisi Muhammadamin Turg'unboev g'olib bo'ldi. Turnir ishtirokchilaridan biri ma'lum bir sabablarga ko'ra musobaqada ishtirok eta olmasligi e'lon qilinganidan so'ng, ushbu o'yinlar tashkilotchilari bu joyni O'zbekistonga berishdi. Mamlakatimizdagi saralashda o'zini yaxshi ko'rsata olgan "Metallurg" o'yinchisi Server Kerimov ushbu turnirda qatnashish imkoniyatiga ega bo'ldi.


Ayni damda ikki kiberfutbolchimiz Muhammadamin Turg'unboev va Server Kerimovlar UVSCF (O'zbekiston virtual sport o'yinlari va kiber futbol federatsiyasi) vice-prezidenti Alimaksumov Alixon bilan Ukrainada va o'yinchilar turnirda o'z ishtiroklarini boshlashga tayyorlar. "Bunyodkor" va "Metallurg" klublari vakillariga ushbu musobaqada omad tilaymiz!




Turnirdagi o'yin natijalarini bu yerda kuzatib borishingiz mumkin: "Dinamo" Yozgi Kubogi


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia