

29 iyun kuni Messi o'z to'yiga taklif qilgan bazi mehmonlar nikoh bo'lib o'tadigan Rosario shahriga yetib kelishdi. Karles Puyol va Samuel Eto'O bu ma'lumotni tasdiqlovchi suratni "Instagram"ga joyladi.




Messining hozirgi va sobiq jamoadoshlari o'sha kuni tunda tennis o'ynab vaqtini chog' o'tkazishdi

Bir kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda Messi, Pinto, Gabriel Milito hamda "Barselona" murabbiyi Xordi Rouraning Argentinadagi surati tarqalib ketgan edi.

Eslatib o'tamiz, bugun bo'lib o'tadigan marosim Santa Fedagi "Rosario Siti Senter"da o'tkaziladi.




