Zukko muxlis tanlovi #6

Narzulla Saydullayev
31 okt 2013
Aslida kecha bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Zukko muxlis tanlovi bugun bo'lib o'tadi.
O'tgan bosqichlarda tanlovimizda faol qatnashgan muxlislarga minnatdorchilik bildiramiz.

Baxtiyor Shirinov tomonidan taqdim etilgan navbatdagi savollarga javob berishga urinib ko'ring.

Quyidagi test savollariga eng birinchi va eng ko'p to'g'ri javob bergan ishtirokchi g'olib bo'ladi. Bitta ishtirokchi ikki va undan ortiq javob bersa uning faqat dastlabki javobi qabul qilinadi. Shu bois birinchi javobingizni aniq yozing. Keyingilari hisobga o'tmaydi. Barchaga omad! (Javoblarni 1A, 2A, 3A.. shaklida yozib qoldiringlar)


Zukko muxlis tanlovi # 6:
1.   OCHL bahslarida bizning jamoalarimiz eng ko'p qaysi mamlakat jamoalariga qarshi o'ynagan?

A) Saudiya Arabistoni.
B) BAA.
S) Eron.
D) Qatar.

2.   OCHL bahslarida bizning jamoalarimiz tomonidan qayd etilgan eng yirik hisob?
A) 6:1, B) 5:0, S) 6:0, D) 7:1.

3.   OCHL bahslarida bizning jamoalarimizda maydonga tushib eng ko'p gol urgan futbolchi hisobida nechta gol bor?
A) 16ta.
B) 15ta.
S) 18ta.
D) 13ta.

4.   OCHL bahslarida bizning jamoalarimiz safida futbolchilar necha marta xet-trikka erishishgan?
A) 2ta, B) 4ta, S) 5ta, D) 3ta

5.   OCHL bahslarida bizning jamoalarimizga eng ko'p raqib bo'lgan jamoa?
A) “Istiqlol” (Eron)
B) “Al-Ittihod” (Saudiya Arabiston)
S) “Al-Vahda” (BAA)
D) “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni)


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia