Zoran Yankovich: "Rahbariyat doimo bizni qo'llab turdi. Quvonarli jihati, 1-turdagi durang uchun ham bizga bonus vada qilishdi"

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2021, 20:29
OCHL-2021 sharq mintaqasi "I" guruhi so'nggi turidan o'rin olgan "Kavasaki Frontale" – "Beyjing Goan" (4:0) uchrashuvidan keyin Xitoy klubi ustozi Zoran Yankovich o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugungi mag'lubiyat kutilmagan hol bo'lmadi, lekin yigitlarimiz ko'rsatgan o'yindan faxrlanaman. Ular turnir davomida o'zlarining bor imkoniyatlaridan kelib chiqib o'ynashdi. Umuman olganda, 6 ta o'yin o'tkazgan bo'lsak, har bir o'yinda katta tajriba to'pladik deyish qiyin-ku, lekin o'zlari uchun qandaydir jihatlar bo'yicha bir xulosaga kelishdi, shu jihatdan foydali bo'ldi. Biz Bilich bilan muloqot qilib turdik, u va rahbariyat doimo bizni qo'llab turdi. Quvonarli jihati, 1-turdagi durang uchun ham bizga bonus vada qilishdi. Endi uyga qaytib, asosiy jamoa bilan mashg'ulotlarni davom ettiramiz. Aksariyat yosh futbolchilarimiz asosiy tarkibga jalb etilishi mumkin", – dedi Yankovich. 

Alohida aytish joiz, "Beyjing Goan" posboni Guo bugungi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia