Zommer "Bavariya"ga o'tadi

Оқил Абдубарноев
18 yanv 2023
Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi darvozaboni Yann Zommer "Bavariya" tarkibini to'ldiradi.

Manbaning xabariga ko'ra, darvozabon tibbiy ko'rikdan o'tish va shartnoma imzolash uchun Myunxenga yetib borgan. Qayd etilishicha, tibbiy ko'rik 18 yanvar kuni kechqurun bo'lib o'tadi.

Qayd etilishicha, transfer summasi 8 million evroni tashkil qiladi. Bundan tashqari, shartnomada bonuslar ham ko'zda tutilgan, uning miqdori bir yarim million evroni tashkil etadi. 34 yoshli shveytsariyalik posbon "Bavariya" bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnomaga imzo chekadi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Zommer 5 mln evroga baholangan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Blick