Zohidbek Ismoilov: "Muxlislarimizga bir oz sabr tilayman"

Narzulla Saydullayev
18 okt 2018, 20:55
Pro-liga 30-turidan o'rin olgan “Zomin” - “Yozyovon-Lochinlari” (4:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar sardori Zohidbek Ismoilov “championat.asia” saytiga intervyu berdi.

“Zomin” jamoasiga qarshi uchrashuvni birinchi bo'limida yaxshi harakat qildik. Ketma-ket mag'lubiyatlar sabab bugungi uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko'rgan edik. Uchrashuvdan oldin har birmiz maydonda borimizni berib harakat qilishga ahd qilgandik. Afsus, yana mag'lubiyatga uchradik.




Bugun jamoamizda jarohat tufayli yo'qotishlar bor edi. Maydonda harakat qilgan yosh futbolchilarimizga bir oz tajriba yetishmadi. Birinchi bo'lim 1:1 hisobida durang natija bilan yakuniga etdi. Ikkinchi bo'limda darvozamiz tomon belgilangan penaltidan so'ng ruhan tushkunlikka tushib qoldik. Shuningdek uzoq yo'l bosib kelganligimiz ham o'yinga ta’sirini ko'rsatmasdan qolmadi.  

Muxlislarimizga bir oz sabr tilayman, nasib etsa navbatdagi turda g'alaba qozonib, ularni xursand qilamiz degan umiddaman.    

Bekzod Tolibov yozib oldi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia