
"Nega biz mag'lub bo'ldik? To'g'risini aytganda, ular shunchaki bizdan kuchliroq edi. Biz o'zimizdan g'ururlansak arziydi. Shvetsiya bundan yaxshiroq o'ynay olmasdi. Albatta, hozir xatolarni tahlil qilib chiqish mumkin, biroq bo'lar ish bo'ldi va ortga endi yo'l yo'q. Portugallar bizni xatolarimiz uchun jazolashdi. Hisob 2:1 bo'lgan vaqtda endi o'zimiznikini qo'yib yubormaymiz deb o'ylagandim, ammo ko'p o'tmay, portugaliyaliklar yana bir bor gol urib qo'yishdi", deya Ibragimovich so'zlaridan UEFA rasmiy sayti iqtibos keltirmoqda.