

Uchrashuvda “Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich dublga erishdi. Zlatan ikkinchi bo'limda son mushaklarini jarohatlab olgani boisdan uning o'rniga o'yinni Lorenso Kolombo davom ettirdi. Futbolchining jarohati borasida tibbiy tekshiruvlardan so'ng rasmiy ma'lumot beriladi.
Ibragimovich A Ceriya joriy mavsumida 6 ta o'yinda qatnashib, 10 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.



