Zlatan Ibragimovich haqidagi film qachon chiqishi ma'lum bo'ldi

11 noya 2020, 08:32
“Men - Zlatan” filmi ekranlarga kuzda chiqadi.

“Milan” forvardi Zlatan Ibragimovichning yoshli va futbolchilik faoliyatining boshlanishi vaqtlaridan hikoya qiluvchi “Men - Zlatan” filmi 2021 yil kuzida ekranlarga chiqadi. Qayd etish joiz, ushbu filmning suratga olish ishlari oktyabrda boshlangan. Ibraning rolini esa ikki aktyor ijro etmoqda. Ulardan biri futbolchining 11-13 yoshlik vaqtlarini, ikkinchisi esa 17-23 yosh vaqtlarini o'ynaydi.

Film ssenariysining mualliflaridan biri David Lagerkrancdir. Aynan u Ibragimovichga “Men - Zlatan” kitobini yozishda ko'mak bergandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia