Zinedin Zidan: Uchrashuv boshida yutqazib bo'ldik

Narzulla Saydullayev
23 fev 2017, 08:49
Real ustozi Zinedin Zidan Valensiyaga qarshi o'yindan so'ng (1:2) o'z fikrlarini bildirdi.

Uchrashuv boshidayoq yutqazib bo'ldik. Jamoa juda ham ochiq o'yin ko'rsatdi. Bahsni bunday boshlaganimizdan g'azabdamiz. Agar o'yinga bor diqqat e'tiborni qaratmasang seni jazolashadi. Raqib yaxshi o'ynadi. Ularni tabriklayman.

Keyinroq vaziyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik. Dam olib keyingi bahs haqida o'ylash kerak, – deydi Zidan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com