

Primeroni yutish – oson ish emas, ammo turdan-turga maqsad sari yaqinlashayapmiz. Yana ikkita o'yin qoldi. Bugun haqli g'alabaga erishdik. Navas doimgidek ajoyib o'ynadi.
Xamesning Realdagi so'nggi o'yini? Yo'q, Xames hali jamoada u bilan ko'p ish qilishimiz kerak. Oldinda mavsumning eng og'ir pallasi bizni kutmoqda, oxirigacha kurashamiz. Barcha kuchimizni sarflaymiz, – deydi Zidan.
Chempionat tugashiga bir tur qolganida Barselona va Real bir xil ochko to'plashgan, ammo Madrid klubi zaxirasida bitta o'yin bor.
YCHL finalida Real Yuventus bilan o'ynaydi.




