Zinchenko ketma-ket ikkinchi marta "Arsenal"da oy futbolchisi bo'ldi

Sherzod Nurmatov
11 mar 2023, 15:47
"Arsenal"ning ukrainalik himoyachisi Aleksandr Zinchenko London klubida fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Bu haqda "kanonirlar" matbuot xizmati xabar berdi.

26 yoshli Zinchenko himoyachi Gabriel Magalyaes va vinger Bukayo Sakani ortda qoldirib, muxlislar tomonidan 49% ovoz oldi.

Zinchenko uchun bu mavsumdagi ikkinchi shunday sovrindir. Avvalroq u "Arsenal"da yanvar oyining eng yaxshi futbolchisiga aylangan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com