

Manbaga ko'ra, shartnoma imzolashdan oldin yagona muammo yarim himoyachining yuqori maoshi bo'lishi mumkin.
Turkiyada qishki transfer oynasi 8 fevral kuni yakuniga etadi.
Avvalroq London klubi tufayli Zieshning PSJga o'tishi muvaffaqiyatsizlikka uchragani xabar qilingandi. 29 yoshli marokashlik futbolchining "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Ziesh joriy mavsum "aristokratlar" safida barcha musobaqalarda 15 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining narxi 20 million evroga baholanmoqda.



